Ilon Mask “X” (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida botlarga qarshi kurash rejasini va platformada har qanday tarkibni joylashtirmoqchi bo‘lgan yangi foydalanuvchilar uchun potensial to‘lovni tasdiqladi.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy sun’iy intellekt botlari odam uni yoki sun’iy intellektdan o‘tishini aniqlash uchun mo‘ljallangan “CAPTCHA” testlarini osongina chetlab o‘tadi.

“Nashr qilish imkoniyati uchun ramziy to‘lov botlarning hukmronligi bilan kurashishning yagona yo‘lidir”, deb yozgan Mask “X"dagi sahifasida.

Qayd etilishicha, ro‘yxatdan o‘tgandan keyin uch oy o‘tgach, foydalanuvchi platformada erkin yozishi mumkin bo‘ladi.

2023-yil oktabrida “X” asosiy funksiyalar uchun yillik to‘lov $1 bo‘lgan obuna modelini sinovdan o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.

Yangi obuna modelini joriy etishdan maqsad botlar va spamerlarga qarshi kurashish bo‘lib, undan birinchi bo‘lib Yangi Zelandiya va Filippindagilar foydalanishi mumkin.


Avvalroq “Spot” “X” ijtimoiy tarmog‘i maqolalar funksiyasini taqdim etgani haqida yozgandi.

U yordamida Premium+ obunachilari va tasdiqlangan akkaunt egalari katta nashrlarni joylashtirishlari mumkin bo‘ladi.