Markaziy bankning 8-may holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12683 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 7-may kuni belgilangan 12648 so‘m qiymatga nisbatan qariyb 36 so‘mga oshdi.

8-may kuni “Infinabank"da sotish kursi 12755 so‘mni tashkil qilmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12745 so‘mdan 12670 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12675 so‘mdan 12580 so‘mgacha yetdi.