Majburiy ijro byurosi Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ikki qavatli uyni kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Bu haqda E-auksion ma’lumotlarida keltirilgan.

Bino Bo‘z-1 massivida, “Buyuk Ipak yo‘li” metro bekati yaqinida joylashgan. Mazkur inshoot 2023-yilda qurilgan bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini hamda savdo-maishiy obyektlarni joylashtirishga mo‘ljallangan edi.

Bino maydoni 888 kvadrat metr bo‘lib shundan 763 kvadrat metri foydali yer hisoblanadi. Unda barcha kommunikatsiyalar — gaz, elektr, suv, kanalizatsiya mavjud.

Binoning boshlang‘ich narxi 7 mlrd so‘m, zakalat puli esa 350 mln so‘mni tashkil etadi.

Auksion 7-iyun kuni 10:00da bo‘lib o‘tadi, arizalar shu kuni soat 9:00gacha qabul qilinadi.

Lot fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2023-yil noyabrdagi hal qiluv qarori (2−1601−2305/9309-sonli ijro hujjati) bilan kim oshdi savdosiga qo‘yilgan.