“Google” “I/O 2024” konferensiyasi doirasida ishlab chiquvchilarga “Project Gameface” — Android smartfon va planshetlari uchun maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi.
Qayd etilishicha, bu foydalanuvchiga yuz ifodalari yordamida ilovalarni boshqarish imkonini beradi, deya xabar berdi “The Verge”.
“Project Gameface” birinchi marta 2023-yilda taqdim etilgan. O‘sha paytda dasturiy ta’minot faqat o‘yinlar bilan ishlaydi, deya xabar berilgandi.
Ammo bu yil “Google” dasturiy ta’minotdan umuman istalgan dasturda foydalanishga ruxsat berdi.
“Project Gameface” texnologiyasidan foydalangan holda foydalanuvchi o‘z gadjetini barmoqlari bilan ekranga tegmasdan boshqarishi mumkin.
Masalan, tabassum qilinsa, chertish paydo bo‘ladi, o‘ng ko‘z qisilsa, yuqoriga, chap ko‘z qisilsa pastga surish amalga oshiriladi.
Yuz ifodalarining soni va ular nima uchun javobgar bo‘lishini ishlab chiquvchining o‘zi tanlaydi.
“Project Gameface” jami 50ta yuz ifodasini qo‘llab-quvvatlaydi. Barcha takrorlangan his-tuyg‘ular smartfon yoki planshetning old kamerasi orqali kuzatiladi va sun’iy intellekt yordamida tahlil qilinadi.
Avvalroq"Spot" “Google” “Project Astra” nomli shaxsiy yordamchisini taqdim etdi
Yordamchi kamera orqali narsalar qayerdaligini eslab qoladi va yo‘qolgan narsalarni topishga yordam beradi.