O‘zbekiston virtual sport o‘yinlari va kiberfutbol federatsiyasi endilikda O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi deb nomlanadi. Bu xususida Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar beradi.

Xabarga ko‘ra, Indoneziyada boshlanadigan Osiyo o‘yinlarida elektron sport yo‘nalishi bo‘yicha musobaqa tajriba-sinov tariqasida ilk marta o‘tkaziladi. Unda Elektron kompyuter sporti federatsiyasi a’zosi, Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi kiberatleti Sanjar Usmonov O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, 2022 yilgi Osiyo o‘yinlarida kibersport rasman musobaqa dasturidan o‘rin oladi va unda kibersportchilar medallar uchun kurash olib boradilar.tashkilotga O‘zbekistonda elektron o‘yinlar, kompyuter sporti va kiberfutbolni rivojlantirish hamda respublika hududida turnirlarni tashkil etish huquqi berildi. Shuningdek, federatsiya ushbu yo‘nalishdagi murabbiy va kibersportchilarni tayyorlash bo‘yicha ham vakolatli muassasa sifatida belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi faoliyati davomida Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining virtual sport turlariga oid qarorlari ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etadi.

Yaqin yillar ichida esa sportning bu turi Olimpiada dasturiga ham kiritilishi mumkin.