E-ijro Auksion da yer uchastkalari sotuvga qo‘yildi. Tadbirkorlikni boshlamoqchi va kengaytirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga yer uchastkalarini onlayn tarzda sotib olish imkoniyati yaratildi.

Majburiy ijro byurosi ilk marta E-ijro Auksion yagona elektron savdo maydonchasining onlayn-elektron tanlov savdolarida davlat mulki ob’ektlarini investitsiya kiritish hamda yangi ishchi o‘rinlar yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymati bo‘ycha sotib olish imkonini yaratdi.

Ilgari Spot Prezidentining qaroriga binoan 2018 yilning 1 iyulidan boshlab yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish E-ijro Auksion yagona elektron savdo maydonchasida elektron auksion orqali amalga oshirilishi belgilanganligi haqida yozgan edi.