Namanganda “Yoshlar mehnat guzari” majmuasi tashkil etiladi. Bu xususida Vazirlar Mahkamasining 2018−2019 yillarda Namangan viloyatining Norin tumanini ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori muhokamasida keltirilgan.

Unga muvofiq, Namangan viloyati hokimligi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda quyidagi masalalarga amaliy yordam ko‘rsatiladi:

  • “Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘inida 2,2 ming m2da joylashgan bino va inshootlardan foydalangan holda “Yoshlar mehnat guzari” majmuasi va “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazini tashkil etish;
  • davlat-xususiy sherikchiligi asosida yuqorida ob’ektlarni qurish uchun bir oy muddatda investorlarni jalb etish va 2018 yil yakuniga qadar foydalanishga topshirish;
  • “Yoshlar mehnat guzari” majmuasida savdo-maishiy va kichik ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish,
  • “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazida yosh tadbirkorlarga imtiyozli shartlar asosida joy va ofis jihozlarini ijaraga berish, internet tizimiga ulanish;
  • yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, fikr va loyihalarini amalga oshirishda, shu jumladan, biznes-rejalarni tuzish, maslahat berish, huquqiy, buxgalteriya va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatishda hamda forumlar, seminarlar va master-klasslar o‘tkazish.