Delta Electronics yangi avlod elektr transport vositalari uchun zaryad stantsiyasini yaratish ustida ishlamoqda.

Yaratuvchilarning fikriga ko’ra, ular tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya elektr transportini energiya tejamkorligi bilan tezda zaryadlashga imkon beradi.

Delta Electronics yangi stantsiyasida 10 daqiqa batareyali zaryad orqali elektr avtomobillari 290 km masofani bosib o’tishga imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ishlab chiqariladigan texnologiya 400 kVt quvvatli transformatorlarga asoslangan.

Taqqoslash uchun, Tesla zaryad stantsiyalarining quvvati 120 kVtni tashkil etadi. Shu bilan birga ularning samaradorligi 96,5% ni tashkil etadi.

Ushbu zaryad stantsiyasining bir noqulayligi chiqish vaqtidir. Dastlabki prototip faqat 2020 yilda chiqariladi.