Kompaniya yolg‘on ma’lumotlarni tarqatayotgan soxta akkauntlardan ogoh bo‘lib faqat kompaniyaning rasmiy saytiga murojaat qilishni so‘radi.
Xabaraga ko‘ra, kompaniya bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali avtomobillarini yetkazish muddati kechikayotgani haqida yolg‘on ma’lumotlarni tarqatayotgan soxta akkauntlar ham ko‘paya boshlaganini ma’lum qilgan.
“Kompaniya saytida kunlik ravishda yangilanayotgan rasmiy ro‘yxatga asosan, ana shunday odamlarning postida bo‘rtirilib ko‘rsatilayotgan avtomobil yetkazilishining aniq muddatlarini aniqlash mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda shu kabi postlarga duch kelgan taqdiringizda ushbu ma’lumotlarga ishonmasligingizni va faqatgina kompaniyaning rasmiy manbalariga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Kompaniya tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘layotgan soxta xabarlar sinchkovlik bilan o‘rganilmoqda. Kompaniya obro‘siga putur yetkazadigan bo‘xton tarqatish bilan shug‘ullanadigan internet-foydalanuvchilari to‘g‘risidagi ma’lumot, tegishli huquq-tartibot organlariga yetkaziladi.
Ilgari Spot, Ochiq osmon ostidagi avtosalonlar butun respublika bo‘ylab tashkil etilishi haqida yozgan edi.