Shu yil 14 iyun kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi L.Z. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu yil 11 iyun kuni noma’lum shaxs uning nomiga “Ipoteka” bankidan ochilgan plastik kartochkasi hisobidan elektron to’lov tizimi orqali 20 mln. so’mdan ziyod pulini echib olganligini ma’lum qilgan.

Bu haqida IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo’zg’atilib, ko’rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Andijon viloyati Asaka shahrida yashovchi B.I. va akasi G'.I. hamda Asaka tumanida yashovchi D.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.