O’zbekistonda ilmiy loyihalarning birinchi akseleratori C.A.T. Science Accelerator qabul jarayonini boshladi. Bu haqda tashkilotchilar Spot’ga ma’lum qildilar.
Akseleratorda ishtirok etish tajriba o’tkazish uchun (Ilg'or texnologiyalar markazi laboratoriya va reaktivlari) maydon, murabbiy va ekspertlar ko’magiga ega bo’lish imkonini yaratadi.
Eng yahshi loyiha Innovatsion rivojlanish vazirligi investitsiyalariga (uch finalchi, ularning har biri biznesini rivojlantirish uchun 100 million so’mdan oladi) ega bo’ladi.
Shuningdek, akselerator Global Innovation through Science & Technology (GIST) On Demand Bootcamp and Innovation Hub (iHub) xalqaro vorkshopida qatnashishning noyob imkoniyatini taqdim etadi.
“Ilmiy g’oyangiz bo’lsa yoki ilmiy startapning rivojlanish jarayonida ishtirok etishni istasangiz tashrif buyuring. Agar siz olim emas, balki „ilmiy“ startap jamoasida ishlash istagida bo’lsangiz tashrif buyuring”, deyiladi xabarda.
Akselerator dasturiga arizalar 7 sentyabrdan 20 sentyabrgacha qabul qilinadi. 1 oktyabrgacha finalchilar tanlanadi. Dasturning o’zi 10 oktyabr kuni boshlanadi.
Arizani havola berish mumkin. Facebook sahifasida batafsil ma’lumot berilgan.
Loyiha Innovatsiya rivojlantirish vazirligi, StartupFactory.uz va Green Business Innovation kompaniyalari tomonidan “O'zbekneftgaz” AJ, “O'zkimyosanoat”, “AJ Uzcharmsanoat” AJ, “Uzsharobsanoat” AJ ko’magida amalga oshiriladi.