Milliarder Jek Ma o’zining tug’ilgan kunida kompaniya boshqaruvidagi vorisining ismini e’lon qildi, deb yozadi RBK.

Xabarga ko’ra, Jek Ma 2019 yil 10 sentyabrda o’z lavozimini tark etadi. Kompaniya rahbariyatini Daniyel Chjan egallaydi.

Alibaba Group asoschisi kompaniyadagi o’zgarishlarning yillik rejasini e’lon qildi.

Avvalroq The New York Times gazetasi Jek Maning joriy yil 10 sentyabrda iste’foga chiqishini e’lon qilgan edi. Shu kuni u 54 yoshni qarshiladi. Biroq, Jek Ma xabarning xato ekanligini ta’kidladi.

“Kompaniyaning rahbari sifatida u yana bir yil ishlashni rejalashtirmoqda. Bu yil davomida uning vakolatlarini Daniyel Chjanga topshirish uchun reja amalga oshiriladi. Jek Ma kompaniyaning boshlig’i lavozimini tark etishiga qaramasdan uning direktorlar kengashidagi o’rni saqlanib qoladi”, deyiladi xabarda.

Alibaba korporativ veb-saytida chop etilgan murojaatida, Jek Ma Daniyel Chjang kompaniyada 11 yildan beri faoliyat yuritib kelayotganini, uning rahbarligida Alibaba ketma-ket 13 chorakda barqaror va barqaror o’sayotganini ta’kidladi.