“Karta hisobidagi pul miqdorini muzlatish” xizmati mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan hamda bizning to‘lov tizimimizga integratsiya qilingan barcha mobil ilova platformalari uchun qo‘shimcha imkoniyatdir, deb yozadi UzCard.

Muzlatish — bu ekvayer tomonidan bank kartasi orqali amalga oshirilgan to‘lovning bank-emitent tomonidan ushlab qolinishidir.

Xabarga ko‘ra, xizmatdan foydalangan karta egasi mahsulot yoki xizmat turiga belgilangan to‘lovni amalga oshirishdan avval, amalga oshiriladigan to‘lov miqdorini “muzlatish” imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Misol uchun, Siz biron bir mobil ilova orqali mahsulotga buyurtma berdingiz va mahsulot yetkazilganida talablarga javob berilmagan holat kuzatilganida to‘lovga ajratilgan pul miqdori oldindan muzlatilganligi sababli karta hisobiga qaytarilishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Agar mahsulot yoki xizmat turiga belgilangan to‘lovni bekor qilimoqchi bo‘lsangiz, pul miqdori “muzlatilgan” statusidan yechiladi va to‘liqligicha qaytib karta balansiga qaytariladi. Ungacha ushbu pul miqdori “muzlatilgan” holda turaveradi.

Ushbu xizmat turi ishtirokchilari xaridor, merchant va Yagona umumrespublika protsessing markazi hisoblanadi.