Pokemon Go o’yini endi Rossiyada, deb yozadi vc.ru.

Amerikaning Niantic kompaniyasi o’yinni Rossiyadagi foydalanuvchilarga o’yinga kirish imkonini yaratdi: o’yin App Store va Google Play'da mavjud.

Foydalanuvchilar 2018 yil 11-sentyabr kuni ertalab o’yinni chiqganligi haqida xabar oldilar. Niantic kompaniyasi rasmiy ravishda o’yinni chiqqanligini e’lon qilmadi, bu haqda boshqa servis foydalanuvchilarga xat yubordi.

Pokemon Go 2016 yil iyun oyida chiqarilgan. App Annie ma’lumotlariga ko’ra, o’yin chiqarilishining dastlabki etti oyi davomida 1 milliard dollar daromad keltirdi. O’yin App Store topida daromadlar bo’yicha 74 kun turdi.