Prezidentining buyrug‘iga asosan Dilshod Sultanov Moliya vazirligi G‘aznachilik boshlig‘i- vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu xaqda vazirlik Axborot xizmati ma’lumot berdi.

Dilshod Sultanov 1980 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, iqtisodchi. 2002 yilda Toshkent temir yo‘llari va transport institutini tamomlagan.

Moliya vazirligi tizimida ish faoliyatini 2003 yildan boshlagan.

2003−2012 yillar mobaynida vazirligining Soliq siyosati boshqarmasi bosh iqtisodchisi, bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i.

2013−2017 yillarda vazirlig huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boshlig‘i, Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan.

2017 yilning sentabr oyidan xozirgi kungacha Dilshod Sultanov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat byudjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.