Besh yildan soʻng “Oʻzbektelekom” va “MTS” PJSC (Rossiya Federatsiyasi) xalqaro telefon trafigi almashinuvi uchun ovoz aloqasini (tarmoqlararo ovozli aloqani) tikladi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lumot berildi.

“Tarmoqlarning oʻzaro aloqasi telefon aloqasining sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi va mamlakatlarimiz oʻrtasida ovozli trafikni vositachilarsiz toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻnaltirishga imkon beradi”, deyiladi xabarda.

Bu esa oʻz oʻrnida “Oʻzbektelekom” AK va “MTS” PJSC oʻrtasidagi hamkorlikka ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

MTS 2014-yil 23-sentabrda UMS’ning ustav kapitalida 50,01 foiz daromad oldi. UMS mobil aloqasi tarmog’ining tijorat ekspluatatsiyasiga ishga tushirilishi 2014 yil 1 dekabr kuni bo’lib o’tdi.