“O‘zavtosanoat” Namangan viloyatida mototsikl ishlab chiqarishni tashkil etadi. Bu haqda Vazirlar mahkamasi qarorida keltirilgan.

Mototsikl ishlab chiqarishni tashkil etish orqali 500 nafar shaxsni ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, qarorga muvofiq, 2018−2019 yillarda Norin tumanida kafolatli ish o‘rinlari tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, tumanda jami 100 ta loyiha amalga oshirilishi, bu orqali esa 3 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilishi nazarda tutilgan.