Innovatsion faoliyatni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, “Yashnobod” innovatsion texnoparki direksiyasi" DUK Toshkent shahar hokimligi tasarrufidan chiqarildi.

Direksiyaning ta’sischisi etib Innovatsion rivojlanish vazirligi belgilandi.

Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan mahalliy ilmiy ishlanmalarni joriy qilish va tijoratlashtirishni ko‘zda tutadigan ilmiy startaplarni grant yoki foizsiz qaytarish asosida moliyalashtiriladi.

Bunda investorlarning o‘z mablag‘lari bilan ishtiroki investitsiyalar summasining 30% idan kam bo‘lmasligi nazarda tutilgan.