Jahongir Artikxo‘jayev Senator bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Spot’ga ma’lum qildi.

Xabarga ko’ra, 14 sentyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta majlislar zalida Toshkent shahar va tuman Xalq deputatlari Kengashining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 330 dan ortiq deputatlar, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish kun tartibida Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Artikxo‘jayevni Oliy Majlis Senati a’zosi sifatida saylash masalasi muhokama etildi. Yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra, Toshkent shahar hokimi v.b. J. Artikxo‘jayev Senat a’zosi etib saylandi.

Jahongir Artikxo‘jayev joriy yilning aprel oyida v.b. Toshkent shahri hokimi etib tayinlangan. Bundan oldin u “Artel injiniring” kompaniyasining direktori bo‘lib ishlagan va Tashkent City davlat unitar korxonasini boshqargan. Akfa kompaniyasi asoschisi hisoblanadi.