UzCard ma’muriyati texnik nosozliklar sababli 2018 yilning 15 sentyabri, soat 18:52 dan boshlab POS, E-POS terminallari va ATM qurilmalari protsessing markazi bilan vaqtinchalik ulana olmasligi haqida ma’lum qilgan edi.

16 sentyabr kuni ma’muriyat markaz mutaxassislari tomonidan tizimni kun davomida ishga tushirish uchun barcha zarur chora-tadbirlar olib borilаyotgani haqida xabar qildi.

“Markazimiz mutaxassislari tomonidan tizimni kun davomida ishga tushirish uchun barcha zarur chora-tadbirlar olib borilmoqda. Mobil to‘lov tizimlari pul mablag‘lariga tegishli ma’lumotni taqdim eta olmayapti. Pul mablag‘lariga tegishli barcha ma’lumotlar havfsiz holatda saqlanmoqda. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Texnik nosozliklar hali bartaraf etilmadi. Savdo markazlari va do‘konlarda xaridorlar soni 70% ga kamaydi.

Spot muxbiriga bir qator do‘konlar va savdo markazlarida xabar berishlaricha, 15 sentyabr kechki 9 lardan boshlab karta orqali to’lov amalga oshira olinmaganlik sababli хaridorlar soni 3 barobarga qisqargan.

“Kechki payt va dam olish kunlari savdo markazimiz xaridorlarga boy bo’lar edi. Har bir pul to’lash rastasida 5−6 tadan navbat kutayotgan xaridorlar bo’lar edi, biroq, endilikda pul to’lashga navbat mavjud emas, hatto karta orqali to’lov amalga oshirilmayatganidan bexabar insonlar xaridlarini qaytarishlariga ham to’g’ri kelmoqda”, — deb savdo majmualarida ma’lum qilishdi.

Spot o’qiydiganlar o’rtasida olib borilgan so’rovda ishtirok etganlarning 78%i uchun UzCard’dagi uzilish o’zlari uchun juda jiddiy muammo ekanligi, 13% i uchun juda jiddiy muammo emasligi va yana 9%i uchun esa umuman muammo tug’dirilmasligi ma’lum bo’ldi.

Shuningdek, “O'zbektelekom” o’zining telegramdagi rasmiy sahifasida UzCard’dagi texnik nosozliklarga aloqador emasligini ma’lum qildi.