O‘tgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 887 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,5 milliard so‘mdan oshdi. Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlari bundan dalolat beradi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 22% birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 51% ikkinchi va 27% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 23% ga teng.

Keyingi o‘rinda Farg‘ona viloyatining avto havaskorlari 12% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Samarqand va Buxoro viloyatlarining avto havaskorlariga tegishli bo‘lib, har birining ulushi 10% ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 45% ga teng.