Moliya vazirligida Bosh vaziri oʻrinbosari, Moliya vaziri va ITB Guruhi hamda Arab muvofiqlashtiruvchi guruhi (AMG) delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb yozadi Vazirlik matbuot xizmati.

ITB prezidenti mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yuqori baho berdi.

“Bandar Asad al-Hajar oʻz nutqida: “Islom taraqqiyot banki va mening kasbdoshlarim nomidan minnatdorchilik izhor etib, bizni eʼtirofimiz va Oʻzbekiston bilan hamkorlikka sodiqligimizni taʼkidlashni istardim. Bizning tashrifimiz maqsadi aloqalarni yanada mustahkamlashtirishdir”, deyiladi xabarda.

Xabarga ko’ra, joriy yilning 18 sentyabr kuni Islom taraqqiyot banki va O’zbekiston hukumati o’rtasida 2018−2021 yillar davomida 1,3 milliard dollar mablagʻ ajratiladigan Hamkorlik strategiyasi imzolandi.

Ta’kidlanishicha, delegatsiya aʼzolari amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan qonunchilikni rivojlantirish, xususiy sektorga imtiyoz va preferensiyalar berilishi muhimligini taʼkidladilar. Bu oʻz oʻrnida Oʻzbekistonning investitsion jozibadorligini oshirib, mamlakatning iqtisodiy oʻsishiga turtki beradi.

Tashrif yakunida tomonlar uchrashuvning yuqori mahsuldorligini qayd etib, oʻzaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish va mustahkamlash niyatida ekanliklarini taʼkidladilar.

Islom taraqqiyot banki (ITB)1973-yil 18 dekabrda Islom Konferensiyasi Tashkilotining aʼzo davlatlar moliya vazirlari yigʻilishida tashkil etilgan va 1975-yil oktabr oyida oʻz faoliyatini boshlagan. Oʻzbekiston va ITB o’rtasida hamkorlik 1991 yil boshlangan. Shu yil ITB Buxoro shahridagi bir qator tarixiy obidalar rekonstruksiyasi uchun grantlar ajratgan.