Rossiyaliklar noyabrdagi bayram sababli uch kun — 3−5 noyabr kunlari dam olishadi. “Tutu.ru” sayyohlik kompaniyasi ushbu sanalar uchun rasmiylashtirilgan barcha aviachiptalarni tahlil qilish chog’ida odamlar qaysi shaharlarda bayramni o’tkazishlarini aniqladi, deb yozadi “РИА Новости”.

Rossiyadagi eng talabgir yo’nalishlar bu — Sochi, Simferopol, Mineralnie Vodi, Kaliningrad, Krasnodar, Sankt-Peterburg va Novosibirsk.

O’zbekiston, Italiya, Chexiya, Isroil va Germaniya sayohatlar uchun eng talabgir yo’nalish deb topildi.

Shuningdek, Gurjiston va Armanistonga bo’lgan qiziqish ham ortdi. Bu mamlakatlar chiptalariga bo’lgan talab ikki yoki uch marta oshdi.

Yaqin xorijga (shu jumladan, O’zbekistonga) sayohat qilish uchun o’rtacha chegirmalar ruslar uchun 13 235 dan 17909 rublgacha (14% ga) ortdi.