O‘zbekistonda birinchi bor mokisimon (“chelnokli”) savdo statistikasi oshkor qilindi. Bu haqda Markaziy bank hisoboti dalolat beradi.

Tashqi savdo

Respublikaning tashqi savdo aylanmasi birinchi yarim yillikda 13,4 milliard $ ni tashkil etdi. Undan 6,6 milliardi birinchi chorakka to‘g‘ri kelsa, 6,8 millard $ mablag‘ ikkinchi chorakda qayd etilgan.
Rasmiy savdo hajmi 13,5 milliard $ ni tashkil qildi (birinchi chorakda 6,8 milliard va ikkinchi chorakda 6,7 milliard). Mokisimon savdo esa 632,9 million $ ni tashkil qildi (birinchi chorakda 269 million va ikkinchi chorakda 363 million).

Eksport va import

Eksport hajmi 5,3 milliard $ ni tashkil qildi (birinchi chorakda 3 millird $, ikkinchisida 2,3 milliard $). Mokisimon savdo esa bu yerda 113 million dollarni tashkil qildi (har chorakda 56,6 million dollardan).

Import 8 millird $ ni tashkil qildi (birinchi chorakda 3,6 milliard va ikkinchisida 4,4 milliard). Bunda mokisimon savdodan 519,7 million $ mablag‘ kirib keldi (birinchi chorakda 212 million va ikkinchi chorakda 307 million).

Saldo salbiy tomonga o‘zgardi (minus 2,6 milliard $). Rasmiy savdo saldosi — minus 3,2 milliard $, mokisimon savdo — minus 406,6 million $.