Vazirlar mahkamasining “Aholini farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

2019 yil 1 iyuldan farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimi tajriba shakli joriy qilinadi. Axborot tizimini “UZINFOCOM” MCHJ ishlab chiqadi.

Ushbu tizim farmatsevtika mahsulotlari haqida batafsil axborot olish, elektron retsept orqali farmatsevtika mahsulotlarini shifokorlar tomonidan tayinlash tizimini joriy qilish imkoniyatini beradi.

Dorixonalardan olish uchun asos bo’ladigan elektron retsep orqali farmatsevtika maxsulotlarini shifokorlar tomonidan tayinlash tizimini joriy qilish imkoniyatini beradigan “Elektron xukumat” tizimiga kiruvchi axborot tizimpari va ma’lumotlar bazalari va farmatsevtika maxsulotlari harakatini nazorat qilish va xisobga olishning axborot tizimining tajriba shakli yaratiladi.