Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda yagona call-markazni yaratishi mumkin, deb yozadi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Rossiyaning “Gran call-sentr” kompaniyasi Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha davlat xizmatlari, jumladan, uy-joy mulkdorlari jamiyati, shahar hokimi portaliga murojaat yuborish uchun yagona call-markazni tatbiq etish bo‘yicha muzokaralar olib bordi hamda o‘z tizimining taqdimotini o‘tkazdi.

Ta’kidlanishicha, call-markaz barcha olingan ma’lumotlarni qayta ishlaydi, ularni tasniflaydi va umumiy tahlillar taqdim etadi.

“O‘zbekistonda kompaniya vakillari taxminan 2000 ish o‘rni yaratishni rejalashtirmoqda — bu call-markaz xodimlari bo‘ladi”, deyiladi xabarda.

Taklif etilgan loyiha ko‘rib chiqilmoqda.

“Гран сall-центр” kompaniyasi butun Rossiya hududida ishlaydi, hukumat va Moskva shahar meriyasi bilan hamkorlik qiladi.