Toshkent shahar IIBB YHXB Yo’l harakati xavfsizligi boshqaruvi kompyuterlashtirilgan tizimi 7 turdagi yo’l harakati qoidalari buzilishini qayd etadi, deb yozadi Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

Xabarga ko’ra, Yo’l harakati xavfsizligi boshqaruvi kompyuterlashtirilgan tizimi operatorlari quyidagi qoidabuzarliklarni qayd eta boshladilar:

  • qarama-qarshi harakat yo’liga chiqish;
  • xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik;
  • transport vositasini boshqarish vaqtida mobil telefonlardan foydalanish;
  • piyodalar yo’lakchasi bo’yicha harakat;
  • to’xtash va to’xtab turish qoidalarini buzish.

Ta’kidlanishicha, 20 kun mobaynida IIBB YHXB YHXBKT operatorlari tomonidan quyidagi miqdordagi qoidabuzarliklar qayd etildi: piyodalar yo’lakchasida harakat — 21; qarama-qarshi harakat yo’liga chiqish — 33; to’xtash va to’xtab turish — 6; transport vositasini boshqarish davomida mobil telefondan foydalanish — 17; xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik- 25. Bundan tashqari, shu davr ichida kameralar tomonidan 23 marta svetoforning taqiqlochi belgisiga harakat qilish va 7 marta 1.1 yo’l chizig’idan harakat qilish qayd etildi.