Endi Spark R2 Optimum A / T avtomobilini xarid qilgan yoki kreditga olgan xaridor 1 million so’mlik chegirmaga ega bo’lishi mumkin, deb yozadi “O'zavtosanoat” matbuot xizmati.

Aksiya 2018 yilning 26 sentyabridan 10 noyabriga qadar davom etadi.

Shuningdek mazkur aksiya butun respublika bo‘ylab Spark R2 Optimum A/T avtomobilini imtiyozli kredit shartlarini taklif qilayotgan GM Uzbekistan kompaniyasining avtokreditlash bo‘yicha rasmiy hamkori InfinBank tomonidan qo‘llab quvvatlanadi.

Spark R2 Optimum A/T avtomobili uchun imtiyozli avtokreditni quyidagi kredit shartlarida rasmiylashtirish mumkin:

  • 10% oldindan to‘lov amalga oshirilganda — 5 yilgacha — yillik 22% ustama
  • 30% oldindan to‘lov amalga oshirilganda — 3 yilgacha — yillik 20% ustama
  • 50% oldindan to‘lov amalga oshirilganda — 2 yilgacha — yillik 19% ustama
  • 60% oldindan to‘lov amalga oshirilganda — 15 oygacha — yillik 18% ustama