Prezidentning “Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining Farg’ona shahridagi filialini tashkil etish to’g’risida"gi qarori e’lon qilindi.

Qarorga ko’ra, filialda o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida O‘zbekiston davlat ta’lim standartlari talablarini e’tiborga olgan holda Oliy maktab tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalar va dasturlar bo‘yicha ko‘proq ingliz tilida kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.

Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi:

  • Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha);
  • Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish;
  • Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish;
  • Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha).
  • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish (tarmoqlar bo‘yicha).
  • Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha).

Magistraturada o‘qitish ikkita mutaxassislik bo‘yicha tashkil etiladi:

  • Tadbirkorlik faoliyatini boshqarish;
  • Axborot tizimlari.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Oliy maktabning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.