Sentyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi qimmatladi. Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari bundan dalolat beradi.

Joriy yilning sentyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari 3,3%, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,3%, xizmatlar 1,2% ga qimmatlashdi.

Oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari o`sishi umumiy inflyatsiyaga 1,4% darajasida ta`sir ko`rsatgan bo`lsa, bu vaqtda nooziq-ovqat mahsulotlar va xizmatlar ulushi faqatgina 0,4% darajasida miqdorini tashkil etgan.

Joriy yilning sentyabr oyida iste`mol bozorida tovarlar va xizmatlar narxi o`rtacha 1,8%ga ko`tarildi. Umumiy hisobda 9 oy davomida iste`mol sektorida inflyatsiya darajasi 8,1%ni tashkil etdi.

Oy davomida umumiy narxlar darajasining o`sishiga tovarlar 1,9%, xizmatlar esa 1,2%ga ta`sir ko`rsatdi.

2017 yil oxiriga nisbatan tovarlar narxi o`rtacha 7,4%ga, xizmatlar 10,1%ga qimmatlashdi.