Toshkent-Buxoro-Toshkent yo’nalishida harakatlanadigan “Sharq” tezyurar elektropoyezdida zamonaviy vagonlarda yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish boshlandi.

“Sharq” tezyurar elektropoyezdida yo’lovchilar Toshkent — Buxoro — Toshkent yo’nalishida 616 km masofani 5 soat 56 daqiqada bosib o’tishadi.

Mazkur poyezd har kuni Toshkent Janubiy vokzalidan soat 09:13 daqiqa o’tganda jo’naydi va Buxoro temir yo’l vokzaliga 15:09 daqiqa o’tganda yetib boradi. Bu poyezd O’zbekistonning 3ta qadimiy shahrini bog’lab turadi. Buxorodan soat 16:03 daqiqa o’tganda jo’nab, soat 22:06 daqiqa o’tganda Toshkentga yetib keladi.

Ta’kidlanishicha, har bir vagon 48 ta yo’lovchiga mo’ljallangan, soatiga 160 km tezlikgacha harakatlanadi. Sovutish va isitish tizimlariga ega, tashqi shovqindan himoyalangan, ya’ni tashqaridan vagon ichiga shovqin eshitilmaydi.

Ilgari Spot “O'zbekiston temir yo’llari” yangi elektropoyezdlar sotib olish uchun Hyundai kompaniyasi bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergan edi.