Noqonuniy valyuta ayirboshlash fosh qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir o’tkazildi.

Tezkor tadbirda fuqarolar M. va E.lar har bir $ ni 8 120 so‘mdan hisoblab, 20 ming $ni 162,4 mln. so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtda qo’lga olingan.

14,4 mln. so‘m va 20 ming $ ashyoviy dalillar sifatida olingan.

Ilgari Spot bank xodimi noqonuniy tarzda 8 ming dollarni sotayotgan vaqtda qo’lga olingani haqida xabar bergan edi.