O‘zbekiston — Birlashgan Arab Amirliklarining qiymati 1 milliard dollarga teng to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi tashkil etiladi, deb yozadi O’zA.

Toshkentda O‘zbekiston — Birlashgan Arab Amirliklari biznes-forumi tashkil etildi.

Forumda O’zbekiston vazirlik va idoralari rahbarlari, viloyat hokimliklari, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zqurilishmateriallari” AJ, “O‘zeltexsanoat” AK, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK, “O‘zagrotexsanoatxolding” XK hamda BAA savdo-sanoat palatalari, ishbilarmon ayollar Kengashi a’zolari, “VPS Healthcare”, “Vision Investment Services Co”, “International Holdings Company PJSC” kabi yetakchi kompaniyalar iqtisodiyotning qator sohalari bo‘yicha istiqboldagi hamkorlik kelishuvlarini imzoladi.

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Sarvar Hamidovning aniqlik kiritishicha, ikki davlat ishbilarmon doiralari erishgan hamkorlik kelishuvlari muqobil energetika, qishloq xo‘jaligi, infratuzilmalarni rivojlantirish, bunyodkorlik kabi sohalar bo‘yicha.

Shuningdek, tomonlar imzolagan asosiy bitimga ko‘ra, O‘zbekiston-Birlashgan Arab Amirliklarining qiymati 1 milliard dollarga teng to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi tashkil etiladi.