Xalqaro Press-klubning navbatdagi anjumanida “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Sharifjon Tursunov ishtirok etsi. Bu haqda O’zA xabar berdi.

Xabarga ko’ra, “Energetika resurslari: islohatlar davrida tejamkorlik va iste’mol madaniyatidagi muammolarning tahlili” mavzuidagi anjumanda rais gaz narxlarining oshishi aniq emasligini ma’lum qildi.

“Gaz narxlarining oshishi aniq emas. Narxlar oshishini tasdiqlay olmayman. Qolaversa, gaz narxlarining ko‘tarilishi yoki o‘zgarishini „O‘ztransgaz“ hal qilmaydi. Bu bizning vakolatimizga kirmaydigan masala”, deya javob qildi Sharifjon Tursunov.

1 noyabrgacha tadbirkorlarga tabiiy gaz yetkazib berishda uzilishlar bo‘lmaydi

“O‘ztransgaz” AJ axborot xizmati rahbari La’lixon Sobirova ta’kidlashicha, Joriy yilda Respublika bo‘yicha barcha tadbirkorlik sub’ektlariga 1 noyabrga qadar tabiiy gaz ta’minotida uzilishlar bo‘lmaydi.

“Avvallari tadbirkorlar uchun ham gaz ta’minoti tez-tez uzib qo‘yilgan va bundan yirik zavod, fabrikalar katta zarar ko‘rgan. Bu yildan bu kabi muammolar bartaraf etiladi. Joriy yilda Respublika bo‘yicha barcha tadbirkorlik sub’ektlariga 1 noyabrga qadar tabiiy gaz ta’minoti uzilishlar bo‘lmaydi. Shuningdek, yil davomida ham tadbirkorlik sub’ektlarini uzluksiz ravishda gaz bilan ta’minlash masalalari ko‘rilmoqda”, deya ta’kidladi L.Sobirova.