Toshkent shahar hokimligida AQSHning Oppenheimer kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb hokimlik matbuot xizmati Spot’ga ma’lum qildi.

Unda poytaxt hududida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, o‘zaro hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Oppenheimer kompaniyasi vakili Toshkentning investitsion jozibadorligini jahonda keng targ‘ib etishda ko‘mak berishini ta’kidladi.

Bu borada xorijiy investorlarni jalb qilish uchun poytaxtning jahon moliyaviy reytingida munosib o‘rin egallashi uchun amaliy hamkorlik qilish ko‘zda tutilmoqda.

Oppenheimer kompaniyasi Amerika, Yevropa va Osiyo qit’alarida o‘zining dilerlik markazlariga ega bo‘lib, innovatsion loyihalarni amalga oshirish va biznes maslahatlar berish bilan shug‘ullanadi.