Inha universiteti (IUT) Kembrij universitetining professori Raymon Jozef Xoffmanni universitet (IUT) tayyorgarlik kurslarida o’qitishi va oliygoh ingliz tili o’qituvchilari uchun treninglar o’tkazishi uchun taklif qildi. Bu haqda universitet matbuot xizmati Spot’ga ma’lum qildi.

Professor Garvard va Oksford universitetlarini imtiyozli diplom bilan tamomladi. Oksfordda “Yaqin sharq madaniyatining tarixi” yo’nalishi bo’yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U ingliz, yunon, arab, nemis, fransuz, italyan, golland, ispan tillarini biladi, shuningdek, ibroniy tilini biladi.

Pekindagi Xitoy Fanlar akademiyasi qoshidagi Graduate University da dars bergan va parallel ravishda “Buyuk Ipak yo’lidagi dinlar” kitobida ustida ishlagan.

Professor Xoffman Oksford va Kembrij universitetlarining qattiq modeli bo’yicha talabalar bilan ishlaydi.

Hozirgi kunda professor Hoffman — rektor va o’quv bo’lim boshlig’i, shuningdek Buyuk Britaniya Kembrij xalqaro universiteti imtihon kengashi a’zosi.