Fuqarolik ishlari bo’yicha Shayxontoxur tumani sudining tegishli qaroriga asosan “ILK BIZNES” MCHJ fuqoro D.Ro'zmetovga nisbatan iste’mol huquqini buzgan deb topilib, uning foydasiga 1,0 mln. so’m ma’naviy zarar undirilgan, deb yozadi Davlat raqobat qo’mitasi matbuot xizmati.

O’tgan yili Toshkent shahridagi mashxur “Ilk biznes” MCHJga qarashli “Marmaris” restoranida “Dress-kod” bilan bog’liq sodir bo’lgan voqea bo’lganligi sababli restoron qo’riqlash xizmati va menedjeri tomonidan to’xtatilib, restoranning ichki qoidalarida sport kiyimida kirish mumkin emasligini ma’lum qilib, restoranga kiritilmagan.

Vaholanki, restoranda boshqa mijozlar (chet ellik) sport kiyimda (short, futbolka va krassovka) yurgani ma’lum bo’lganligi yuzasidan “ILK BIZNES” MCHJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo’zg’atilib, Qo’mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan ko’rib chiqilgan.

Qo’mita Maxsus komissiyasining qaroriga asosan “ILK BIZNES” MCHJ tomonidan O’zbekiston “Iste'molchilarning xuquqlarini himoya qilish to’g’risida"gi qonunning 5-moddasi 4-qismi (iste'molchiga to’liq va tushunarli ma’lumot taqdim etish), 6-moddasi 1-qismi (xizmat ko’rsatuvchi iste’molchiga o’zi realizatsiya qilayotgan xizmatlar haqida o’z vaqtida zarur, to’g’ri va tushunarli ma’lumot berishi) va 21-moddasi 2-qismilarida (sotuvchi ko’rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas) keltirilgan ya’ni, iste’molchiga to’liq va tushunarli ma’lumot taqdim etmaganlik hamda ko’rsatilmagan xizmat uchun haq olishga yo’l qo’yilgan deb topilib, xuquqbuzarliklarni bartaraf etish bo’yicha ko’rsatma berilgan.

Shu bilan birga, Davlat raqobat qo’mitasi tomonidan “ILK BIZNES” MCHJning mas’ul mansabdori ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksga asosan jarimaga tortilgan.