Innovatsion rivojlanish vazirligi o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash asosida moliyalashtirish uchun 4 yo‘nalish — ustuvor innovatsion, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, “startap” loyihalari bo‘yicha tanlovga hujjatlarni qabul qilish muddati uzaytirilganligini e’lon qildi.

Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 50 milliard so‘m miqdorida byudjet mablag‘larini ajratilishi ko‘rsatilgan.

Hujjatlar yuridik va jismoniy shaxslardan ilovadagi shakllarga qat’iy rioya qilgan holda 2018 yil 22 oktyabr soat 18.00 ga qadar qabul qilinadi.

Tanlov natijalari Innovatsion rivojlanish vazirligining rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.

Ilgari Spot boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanloviga arizalar qabuli boshlangani haqida xabar bergan edi.