Davlat soliq qo’mitasi qaroriga ko’ra, Biznes soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi darajasiga ko’ra bo’linadi. Bu haqda Norma xabar berdi.

O’zbekistonda soliq tekshiruvlarini o‘tkazish uchun soliq to‘lovchilar tanlab olinishini ta’minlaydigan “xavfni tahlil etish” tizimi joriy etilmoqda. Bunda jarayondan inson omilini istisno etish ko‘zlangan.

Tahlil etiladigan ma’lumotlar

Qabul qilingan hujjatda belgilanishicha, soliq organlari 5 ta yo‘nalishdagi tashqi manbalardan soliq to‘lovchilar haqida olingan axborotni maxsus dasturiy mahsulot vositasida tahlil qilishlari kerak:

  • tadbirkorlik subyektlarining shaxsiy kartochkalarida soliq qarzdorligi mavjudligi;
  • tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq majburiyatlarining bajarilishida soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha taqdim etilgan soliq hisobotlariga muntazam ravishda (bir yil davomida 2 va undan ortiq marta) qayta hisob-kitoblarning amalga oshirilganligi;
  • tadbirkorlik subyektlari tomonidan hisobot davri mobaynida dastlab ro‘yxatga olingan yuridik manzilining bir hududdan boshqa bir hududga muntazam ravishda (2 va undan ortiq marta) o‘zgartirib borilganligi;
  • tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘zlariga tegishli bo‘lmagan to‘lov terminallaridan foydalanilganligi;
  • jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan aynan bir tadbirkorlik sub’ekti faoliyatidan noroziligi haqidagi murojaatlar.

Qonun hujjatlari “xavfni tahlil etish” tizimiga boshqa yo‘nalishlarni ham kiritish imkonini beradi.

Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi darajasi quyidagi uch toifaga bo‘linadi:

  • soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari;
  • soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi o‘rtacha bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari;
  • soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi past bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari.

Tahlil natijalaridan norozi bo‘lgan shaxslar yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.

Biznes-subyektlar uchun “xavfni tahlil etish” oqibatlari

Soliq organlari xavf darajasiga qarab tadbirkorlik subyektlariga nisbatan quyidagi choralarni ko‘radilar:

Xavf darajasi

Shaxsiy kabinet orqali xabardor qilish

Kameral nazorat o‘tkazish

Soliq tekshiruvini o‘tkazish

Yuqori

Xavf darajasi berilganligi haqida xabardor qilinadi

Kameral nazoratdan o‘tkaziladi

Kameral nazorat natijalari bo‘yicha aniqlashtirilgan hisobotlar yoxud asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etilmaganda soliq organlari tekshirish o‘tkazish uchun prokuraturaga murojaat qiladilar

O‘rtacha

Past

Xabardor qilish nazarda tutilmagan

Kameral nazorat o‘tkazilmaydi

Soliq organlari tekshirish o‘tkazish uchun prokuraturaga murojaat qilmaydilar