“Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan, shu jumladan ichimlik suvidan oqilona foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to’g’risida"gi qonun e’lon qilindi.

Hujjatga ko’ra, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan, shu jumladan ichimlik suvidan oqilona foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun fuqarolarga eng kam ish haqining 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ilgari 1 dan 3 gacha va 3 dan 5 gacha bo’lgan.

91-moddaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi

Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish fuqarolarga eng kam ish haqining 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud tabiiy muhitga zarar yetkazgan bo‘lsa, fuqarolarga eng kam ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Quyidagi qo’shimchalar kiritildi:

  • belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish;
  • sanitar tozalash infratuzilmasi ob’ektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish bo‘yicha talablarni buzish;
  • Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat qilish,
    shuningdek chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari bo‘yicha kadastr axborotlarini taqdim etish tartibini buzish.

123-modda. Transport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish

Poyezdlarning vagonlari, avtotransport vositalari va shahar yo‘lovchilar transportidan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish — eng kam ish haqining 5 dan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.