Samsung Galaxy A9 haqidagi ma’lumotlar taqdimotdan avvalroq tarqaldi. Qozog’istonning Samsung saytidagi e’lon smartfon haqidagi barcha ma’lumotlarni berdi, deb yozadi “iXBT”.

Samsung Galaxy A9 smartfonida 6,3 dyuymli FHD + Super AMOLED displey, 3D effektga ega orqa shisha panel, 6 GB operativ xotiraga ega 8 yadroli protsessor va 128 Gb ichki xotira, 512 Gbaytgacha bo’lgan microSD xotira kartasi, shuningdek, yuzni aniqlash texnologiyasi va barmoq izlari skaneri mavjud.

Bundan tashqari, “Always On Display” funksiyasi mavjud: hatto qulflangan holatda ham ekranda muhim ma’lumot ko’rsatiladi (sana, vaqt, xabar, va hokazo).

Smartfon uchta rangda mavjud: qora, ko’k va pushti.

Kameralar

Asosiy kamera quyidagi modullarga ega: keng ekran (8 Mp, f 2.4), telefoto (10Mp, f 2.4), 24 megapikselli asosiy (f 1.7) va portret (5Mp, f2.2).

Ma’lumotga ko’ra, qurilmada tasvirni optimallashtirishning 19 turini va qusurlarni aniqlaydigan funksiya mavjud.