Chet el tovarlarini tashish jarayonida bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlashni vakolatli shaxslar bilan real vaqt rejimida interaktiv shaklda o‘zaro hamkorlik asosida hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritildi.

Ushbu qaror bilan bojxona organi ruxsatisiz tovarlar berib yuborilganda, yo‘qotilganda yoki manzil bojxona postiga belgilangan muddatda va o‘zgarmas holatda yetkazilmaganda bojxona to‘lovlarini undirish tartibini belgilandi.

Shuningdek, ushbu holatlar sodir qilinganda Bojxona kodeksining 47-bobida ko‘rsatilgan choralardan tashqari hududiy boshqarma tomonidan sudga vakolatli shaxsga chet el tovarlarini tashiyotgan avtotransport vositalariga nisbatan bojxona hamrohligida kuzatib borishdan ozod qilish bo‘yicha identifikatsion kod berishni vaqtincha to‘xtatib turish to‘g‘risida da’vo arizasi kiritiladi.

Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni to’liq manzil bojxona postiga yetkazish choralari ko’rilishi yoki dalolatnoma asosida bojxona to’lovlari to’lash muddati talabnoma to’lovchiga topshirilgan yoki u to’lovchi tomonidan olingan kunning ertasidan e’tiboran 10 ish kunini tashkil qiladi.