Buyuk Britaniyalik hamyurtimiz Zafar Zoxidov “O'zbektelekom” Kuzatuv kengashiga kirdi, u kompaniyaning umumiy boshqaruvini ta’minlaydi.

Zafar Zohidov Londonda portfel investitsiyalarini boshqarish, korporativ moliya va bank sohasida 17 yillik tajribaga ega. Buyuk Kelajak maslahat kengashining a’zosi.

Farg’ona davlat universitetining iqtisodiyot va ishlab chiqarish fakultetini tamomlagan. Buyuk Britaniyadagi Reading universiteti Xalqaro qimmatli qog’ozlar, investitsiyalar va banklar bo’yicha magistrlik darajasiga ega.

2016 yildan buyon Londondagi “Abraaj Group” investitsiya kompaniyasi kredit komandasida direktor va katta portfelli menedjer. Bundan oldin u Black River Asset Management, Temza River Capital, Deutsche Bank London, Evropa tiklanish va taraqqiyot bankida faoliyat olib borgan.