Moliya vazirligi yagona g’aznachilik hisobining vaqtincha bo’sh turgan mablag’larini joylashtirish samaradorligini va oshkoraligini ta’minlashda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo’yicha yig’ilish bo’lib o’tdi, deb yozadi Vazirlik matbuot xizmati.

Xabarga ko’ra, 11 oktyabrda tijorat banklari vakillari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining ulanishini ta’minlab beradigan “Kazna-Resurs” dasturiy majmuasining taqdimoti bo’lib o’tdi.

Dastur Moliya vazirligining Yagona g’aznachilik hisobining vaqtincha bo’sh turgan mablag’larini joylashtirish bo’yicha takliflarni elektron tanlash uchun mo’ljallangan va vaqtinchalik tijorat banklarining depozitlaridagi bo’sh pul mablag’larni joylashtirish jarayonida inson omilini chiqarib tashlash imkoniyatini beradi.

Ushbu dasturiy majmuada tijorat banklarining depozitlarida, hamda davlat maqsadli va boshqa byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalarida, ixtiyoriylik asosida g’aznachilik idoralariga ariza topshirish orqali Respublika byudjetining vaqtincha bo’sh turgan mablag’larini samarali va oshkora joylashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.