“Farg‘ona avtosavdo” MCHJda ombor mudiri vazifasida ishlagan I.Telyabayev O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan turli rusumlardagi avtomashinalarni navbatsiz va tez fursatda olib berishni va’da qilgan.

Natijada, 2017 yilning iyul oyidan 2018 yilning may oyiga qadar jami 73 nafar fuqarolarni aldab, ularning juda ko‘p miqdordagi 9 milliard 374 million so‘mdan ortiq pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha So‘x tuman sudi tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudining binosida, ochiq sud majlisida, firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanayotgan I.Telyabayevga oid jinoyat ishi muhokamasi boshlandi.