Chust tumani davlatga paxta sotish boʻyicha shartnomaviy rejani bajardi, deb yozadi Xalq so’zi.

Xabarga ko’ra, hosilni yigʻishtirib olishga qatnashgan terimchilarga 8,9 milliard soʻm xaq toʻlangan.

4004 gektar maydonda dehqonchilik qilgan 287 fermer xoʻjaligi mehnatchilari koʻzlangan darajada qisqa muddatda terib oldi.

“Hozirga qadar yigʻib olingan hosilni xomchoʻt qilgan hisobchilarning aytishiga qaraganda tarmoqning yillik daromadi 36 milliard soʻmdan ortadi. Bu, paxtakorning hamyoniga yaxshigina pul tushadi, degani”, deyiladi xabarda.

Qayta ishlash korxonalariga 10270 tonna xom ashyo yetkazib bergan tuman paxtakorlari terimni jadal davom ettirilmoqda. Mavsum ohiriga qadar shartnomaviy rejaga qoʻshimcha yana 4 ming tonna hosil yigʻib olishni maqsad qilingan.