“Toshkent” Respublika fond birjasi savdolarida 5 kun davomida 20 ta aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari bilan 130 ta bitim qayd qilinib, 13,3 mln. dona aksiyalar 11,9 mlrd. so‘mga sotildi.

Qimmatli qog‘ozlar bilan o‘rtacha kunlik savdo aylanmasi hisobot davrida 3 mlrd. so‘mni, o‘rtacha bitim qiymati esa 91,7 mln. so‘mni tashkil etdi. Shu bilan birga, ushbu davrda sotilgan bir dona aksiyaning o‘rtacha narx ko‘rsatkichi 897,1 so‘mdan iborat bo‘ldi.

Hafta davomida “Turkiston” XATBning 11,0 mln. dona oddiy aksiyasi bilan 11,0 mlrd. so‘m (haftalik savdo aylanmasining 93,0%i) miqdorida 5 ta savdo bitimi tuzilib, bir dona aksiyaning sotuv narxi nominaliga mos ravida 1000 so‘mni tashkil qildi.

Bitimlar soni bo‘yicha yetakchilikni o‘tgan haftada “Andijon tajriba-sinov zavodi” AJ egallagan holda, uning 17,9 ming dona aksiyasi bilan 175,3 mln. so‘mlik 38 ta bitim amalga oshirildi. Undan keyingi o‘rinlarni esa “Trastbank” XAB (22 ta bitim) va “Kvarts” AJ (22 ta bitim) egalladi.

Fond birjasida yil boshidan buyon 426,8 mlrd. so‘mlik 8 103 ta savdo bitimi qayd qilindi. Ushbu davrda birja savdolarida 113 ta aksiyadorlik jamiyatining 7,4 mlrd. dona qimmatli qog‘ozlari sotilgan.