O‘zbekistonda dollar kursi uzluksiz ravishda ko’tarilmoqda. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 26,9 so‘mga qimmatlab, 8 208 so‘mni tashkil qildi.

Yevro 63 so‘mga ko’tarilib, 9 490 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 1 so‘mga qimmatlab, 123 so‘mni tashkil qildi.

So’mning AQSH valyutasiga nisbatan keskin qadrsizlanishi sentyabr oyi o’rtalarida boshlandi (dollar 176 so’mga qimmatladi). Markaziy bankda dollar kursining ko‘tarilishiga izoh berdilar.