Belarus charm poyabzal kompaniyasi “Marko” MCHJ xolding boshqaruvi O‘zbekistonda poyabzal ishlab chiqarish investitsion loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi “БелТА”, xolding bosh direktori Nikolay Martinovning so‘zlariga asoslanib.

Belarus kompaniyasining maxsus tayinlangan himoya poyabzallariga ixtisoslashgan, kelgusida esa zamonaviy urfdagi poyabzallar yaratadigan korxonalaridan birining ta’sis hujjati ro‘yxatga olish uchun taqdim etildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning quvvati yiliga 600 ming juft poyabzal ishlab chiqarishga yetadi, 500 ga yaqin ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.

Ishlab chiqarishni 2019 yilning birinchi yarmidan boshlash rejalashtirilgan, keyingi yilning oxirigacha esa Germaniyaga buyurtma qilinadigan ikkinchi liniya o‘rnatilganidan so‘ng yangi korxona loyihalashtirilgan quvvatga erishadi.

Toshkentda oktyabr oyi boshida bo‘lib o‘tgan UzCharmExpo “Charm, poyabzal, kiyim-kechak va aksessuarlar” ІX Xalqaro ko‘rgazmasi va MaxsusExpo “Maxsus poyabzallar va individual himoya vositalari” ІІІ Xalqaro ko‘rgazmasi paytida ta’sis shartnomasi imzolandi.