Xabar yangilandi: Xabarning birinchi talqinida “Yandeks” Toshkentda “Yandeks.Mahalla” servisini ishga tushirayotganligi haqida xabar berilgan edi. Hokimiyat qoshidagi jamoatchilik kengashi va “Yandeks"da Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati jamoatchilikka va ommaviy axborot vositalariga noto’g’ri ma’lumot tarqatganligi haqida xabar berishdi, chunki “Mahalla” servisi hali ishga tushirilmaydi.

Toshkent hokimiyatida “Yandeks” vakillari bilan uchrashuvda qayd etilganidek, poytaxtimiz bozori — tez sur’atlar bilan o’sib borayotgan ilova foydalanuvchilaridan biridir.

“„Yandeks.Taksi“ Toshkentda birinchi marta ishga tushirilganda, taksilarning kunlik rejasi vertikal chiziqqa o’xshardi. Kompaniya O’zbekiston bozoriga yanada chuqurroq kirib borishni, shu jumladan, ilovaga ulangan mashinalar parkini kengaytirishni rejalashtirmoqda”, deyiladi xabarda.

Kompaniya Toshkentda o’zgacha xizmatni ishga tushirishni rejalashtirmoqda, Rossiyada bu xizmat “Tuman” deb nomlanadi.

Xizmat, inson voqea, mahsulot va xizmat haqida o’ziga o’xshagan oddiy odamlar fikrini ko’rishga imkon beradigan joy.

Uchrashuv chog’ida tomonlar o’zaro anglashuv memorandumi imzoladilar.